Xokkey bo‘yicha mamlakat chempionati start oldi
FOTOREPORTAJ
Bugun ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi start oldi.
Xokkey bo‘yicha boshlanayotgan yangi mavsumda “Feniks”, “Binokor”, “Toshkent Select”, “MVSK”, “Lions” va “Sherdor” (Samarqand) jamoalari o‘z mahoratlarini namoyon etadilar.
Birinchi uchrashuv “Feniks” hamda MVSK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va maroqli o‘tgan uchrashuv “Feniks”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi: “Feniks” – “MVSK” 11-6.
[gallery-15176]
O‘zA fotomuxbiri Muhammad AMIN olgan suratlar.