Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xo‘jaylida yangi korxona ish boshladi
14:37 / 2022-11-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida qizilmiya ildizini qayta ishlashdan chiqqan chiqindilarni yig‘ish va undan granula ishlab chiqaradigan Koreya bilan hamkorlikdagi “Farmergy” chet el korxonasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda rivojlangan chet davlatlar bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollari bo‘lgan korxonaga Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inidan 1,2 gektar yer maydoni ajratildi. Koreyaning zamonaviy elektr tejovchi asbob-uskunalari o‘rnatilgan korxonada yiliga 5 ming tonna garnulla yoqilg‘isi ishlab chiqariladi. Natijada 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbir ishtirokchilari korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri