Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xo‘jaylida “Do‘stlik bayrami” bo‘lib o‘tdi
15:57 / 2022-07-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi o‘nga yaqin millat vakillari istiqomat qiladigan “Jayhun” shaharcha fuqarolar yig‘inida “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “Do‘stlik bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2017 yil 19 maydagi  “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni milliy madaniy markazlar faoliyatini davr ruhiga monand tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish borasida yangi istiqbollarni ochib berdi. 

bugungi kunda turli millat vakillari bir oila bo‘lib yashab kelayotgan Orolbo‘yida 5 ta milliy madaniy markaz faoliyat olib bormoqda. Ularga munosib shart-sharoit yaratib berish maqsadida o‘tgan yili Nukus shahrida “Do‘stlik uyi” tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, bizning barcha yutuqlarimiz – u xoh tashqi yoki ichki siyosatda bo‘ladimi, xoh iqtisodiy yoki madaniy-gumanitar sohalarda bo‘ladimi – qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarimiz zamirida jamiyatimizdagi osoyishtalik va totuvlik hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida besh tashabbus asosida sport  musobaqalari, qo‘l mehnati ko‘rgazmalari, adabiy kechalar va turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Hududga biriktirilgan hokim yordamchisining taklifi bilan fuqaro Z.Abdullayevaga ajratilgan kredit evaziga qurib bitkazilgan “IRODA BRAND SHOP” mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festival yakunida namoyish etilgan turli millat vakillarining ijrosidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA