English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xo‘jaobodda Ma’naviyat va ma’rifat maskani ish boshladi
12:14 / 2023-11-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xo‘jaobod tumani markazida Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi.

Tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Xo‘jaobod tumani hokimi O‘tkirbek Shukurov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda keyingi yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, soha faoliyatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

Tadbir ishtirokchilari maskanda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda yig‘ilish, uchrashuv va seminarlar, kitoblar taqdimotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan zal, umuman, ma’naviyatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur qulayliklar yaratilganligi barchaga manzur bo‘ldi.  

[gallery-14530]

Yangi ish boshlagan Ma’naviyat va ma’rifat maskani tumanda   ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oilalar va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari