Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xo‘jaobod tumanidagi 16 ta mahalla yanada obod bo‘ladi
16:56 / 2022-11-08

Andijon viloyatida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

Prezidentimizning joriy yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘taradi.

Mazkur qaror asosida Andijon viloyatidagi 473 ta mahallada ichki yo‘llarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv tarmoqlarini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 581 milliard so‘mga teng 527 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Jumladan, Xo‘jaobod tumanidagi 16 ta mahallada umumiy qiymati 10 milliard 827 million so‘mga teng 20 ta loyiha amalga oshiriladi. Tumandagi 16 ta mahallada loyihalarni boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnoraxon Abdullayeva, tuman hokimi O‘tkirbek Shukurov, mahalla aholisi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Ipak yo‘li” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

[gallery-9479]

Ayni kunda “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 600 dan ortiq xo‘jalikda 2 ming 800 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla aholisi aksariyat ko‘chalar yo‘llarining yozda chang, qishda loyligidan aziyat chekar, ayniqsa, yosh o‘quvchilar maktabga borib-kelishga qiynalar edi.

– Davlatimiz rahbarining qarori asosida mahallamizdagi umumiy uzunligi 5,3 kilometr bo‘lgan Ahillik, Istiqlol, Kamolot, Pillakor ko‘chalari asfaltlanadigan bo‘ldi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nuriddin Olimjonov. – Buning uchun byudjet hisobidan 3 milliard 180 million so‘m mablag‘ ajratildi. Nasib etsa, endi yo‘llarimiz ravon, obod bo‘ladi. Eng muhimi, uzoq yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan muammolardan biri to‘la hal etiladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan odamlarimizning o‘z hayotidan, bugunidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar xalqimizning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

F. UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA.