Xodjayeva Nargiza Tavakkalovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Xalqaro va mintaqaviy turizm terminologiyasining lingvomadaniy tadqiqi (rus va o‘zbek materiallari asosida)” mavzusida
Xodjayeva Nargiza Tavakkalovnaning 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Xalqaro va mintaqaviy turizm terminologiyasining lingvomadaniy tadqiqi (rus va o‘zbek materiallari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 26 sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82
e-mail: info@fdu.uz