Toshkent shahar hokimligida «edo.ijro.uz» tizimida ish yuritish va ishni samarali tashkil etish bo‘yicha “UNICON-SOFT” mutaxassislari bilan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda «edo.ijro.uz» elektron tizimidan foydalanishning texnik va tashkiliy ta’minoti va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, elektron tizim faoliyatini samarali tashkil etishda Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Seminar davomida «edo.ijro.uz» tizimidan samarali foydalanishni ta’minlashda Hisob palatasining ham alohida o‘rni borligi ta’kidlandi. Ushbu tizimning joriy etilishi hujjat aylanishi jarayonlarini avtomatlashtirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda qayd etilganidek, ushbu seminar Toshkent shahar hokimligi xodimlari uchun foydali bo‘ldi va kelgusida ish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA