Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodimlarning ijtimoiy himoyasi kafolatlangan (+video)
15:21 / 2025-11-11

Keyingi yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining xorijiy mamlakatlardagi turdosh va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani mamlakatimiz nufuzini jahon miqyosida tarannum etishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat kengashiga monand tarzda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan tuzilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi mintaqa mamlakatlarining mehnatkashlari o‘rtasida do‘stlik va birdamlik, o‘zaro manfaat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini jadal rivojlantirish uchun o‘ziga xos muloqot maydoni vazifasini bajarib kelmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona issiqlik elektr markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi olib borayotgan har bir ish va harakatlar zamirida xodimlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, ijtimoiy himoya qilish, rag‘batlantirish, salomatliklarini tiklash, oilasi va farzandi kelajagi uchun g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi ezgu amallar mavjud. Ayniqsa, ishchi-xizmatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni beqiyos.

Korxona kasaba uyushmalari xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda ibrat bo‘lmoqda. Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish, teng huquqlilik va oshkoralik, ochiqlik kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatining asosiy qoidasi bo‘lib qoldi.

Buning sababini, eng avvalo, tashkilotning jamoa ichiga chuqur kirib borayotgani, odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olganidadir.

Shuningdek, ishchi-xodimlar dam olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ichki turizm yo‘nalishi bo‘yicha tarixiy joylarga sayohatlar tashkil qilinmoqda, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda, sog‘liqlarini tiklash maqsadida Federatsiya tizimidagi sanatoriyalarga belgilangan tartiblar bo‘yicha yo‘llanmalar olib berilmoqda.

– Bundan keyin ham korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarni doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun to‘la asoslarimiz bor, – deydi "Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona issiqlik elektr markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Otabek Millaboyev. – Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimizni va jamoamiz a’zolarini O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlab, barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GpirCnIeg1I" title="Xodimlarning ijtimoiy himoyasi kafolatlangan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video), O‘zA