Raqamlashtirishning gaz ta’minoti tizimida joriy etilayotganligi bir qator qulayliklarni yaratmoqda.
Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalarini doimiy texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash hamda “mahalla gazchi”larining ish samaradorligi va mas’uliyatini oshirish maqsadida “online” boshqaruv dasturi joriy etilgan.
“Hududgaztaminot” AJning bir qator xodimlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining tegishli sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar va xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida gaz ta’minoti filialining Tabiiy gaz hisobi va tijorat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gulmurod Norov seminarning maqsadi, iste’molchilar bilan ishlashda raqamlashtirish tizimidan to‘g‘ri foydalanish haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJ xodimlarining mas’ul vakillari “online” boshqaruv dasturi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
– Seminarda ba’zi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun dastur bilan to‘liq ishlash, bu esa ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi borasida ta’kidlandi. O‘quv seminari fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi. Savollarga mas’ul mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, tizim xodimlarining takliflari qo‘llab-quvvatlandi, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Alisher Hamroyev.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.