Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodimlarni «Ochiq byudjet» uchun ovoz to‘plashga majburlash javobgarlikka sabab bo‘ladi
09:18 / 2023-09-02

Xabaringiz bor, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbarlari tomonidan xodimlarni ovoz yig‘ishga majburlanishi holatlari uchramoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan ma’lum qilishlaricha, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbarlari tomonidan xodimlarni ovoz yig‘ishga majburlanishi taqiqlanadi.

Davlatimiz rahbarining "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining 6-bandiga binoan, xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan esa majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima soliadi.  

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun: "Ochiq byudjet" uchun ovoz berish jarayoni 2023 yil 26 avgustda boshlandi va 15 sentyabrga qadar davom etadi.

 

O‘zA