Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari – aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi natijasida kelib chiqadigan og‘ir oqibatlar xususida kerakli tushunchalarga ega bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA