French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodim o‘zi ishlab turgan korxonani o‘mardi
16:17 / 2022-01-10

2022 yil 3 yanvardan 4 yanvar kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 03:30larda Nukus shahrida tug‘ilgan 26 yoshli J.O. o‘g‘rilik qilish maqsadida o‘zi ishlaydigan mebel ishlab chiqarish sexiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Ofis sifatida foydalanadigan xonadagi temir seyfni buzib, ichidagi 236 million so‘m puldan jami 179 million so‘m pulni talon-toroj qilganligi aniqlangan. O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida aniqlanishicha J.O. mebel sexiga kirish darvozasining qulflaydigan temir ilgichini ochib kirganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” (o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Dovud Abibullayev, O‘zA