Xo‘jalikda yangi tarmoq ishga tushdi
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Osiyo saxovat global» fermer xo‘jaligining umumiy ekin maydoni nisbatan chog‘roq – 51 gektar. Xo‘jalik jamoasi davlatga g‘alla, meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma rejasini har yili ortig‘i bilan bajarib keladi. Joriy yilda ham g‘alladan yuqori hosil olindi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Osiyo saxovat global» fermer xo‘jaligining umumiy ekin maydoni nisbatan chog‘roq – 51 gektar. Xo‘jalik jamoasi davlatga g‘alla, meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma rejasini har yili ortig‘i bilan bajarib keladi. Joriy yilda ham g‘alladan yuqori hosil olindi.Xo‘jalik a’zolari ayni kunda e’tiborni g‘alla o‘rniga ekilgan kuzgi ekin parvarishi va o‘n gektardan ziyod bog‘dagi olxo‘ri, olma, shaftoli va boshqa meva-chevalarni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga qaratmoqda. Tushadigan foyda esa xo‘jalikdagi qoramollar va parrandalarni ko‘paytirishga sarflanishi rejalashtirilayotir.
Yilning o‘tgan davrida g‘alladan kelgan daromad va tijorat bankidan olingan 750 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga xo‘jalikning suv bormaydigan bo‘sh yeri tekislanib, bir ming ikki yuz tonna sig‘imga ega zamonaviy sovitgichli ombor qurildi. Ayni paytda bu yerda «Osiyo saxovat global» va boshqa fermer xo‘jaliklari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanayotir. Bundan barcha xursand. Chunki hududdagi xo‘jaliklar shu paytga qadar bu borada muammoga duch kelayotgan edi-da.
– Omborimiz 30 darajagacha sovutadi, – deydi xo‘jalik rahbari Akmal Yunusov. – Bu harorat nafaqat meva-sabzavot, balki go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ham uzoq muddat sifatli saqlash imkonini beradi.
Xo‘jalikda qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish hisobidan oltmishga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.