Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xo‘jalikda ish qizg‘in
16:46 / 2015-05-05

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Mahmutali dehqon” fermer xo‘jaligi 42,5 gektarli paxtazorda ekinga dastlabki ishlov berish yumushlarini yakunlab, navbatdagi agrotexnik tadbirlarga kirishdi.


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Mahmutali dehqon” fermer xo‘jaligi 42,5 gektarli paxtazorda ekinga dastlabki ishlov berish yumushlarini yakunlab, navbatdagi agrotexnik tadbirlarga kirishdi.

–O‘tgan yili gektaridan 45 sentner hosil oldik, – deydi xo‘jalik rahbari Tohirjon Yo‘lchiboyev. – Joriy mavsumda bu ko‘rsatkichni yanada oshirishni maqsad qilganmiz.

Paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik va chorvachilik bo‘yicha yaxshi natijalarga erishayotgan xo‘jalikda g‘isht ishlab chiqarish sexi ham yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘jalikda 45 kishi doimiy ish bilan band.