English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xoʻjalik uzumzorida
11:57 / 2018-09-01

Xalqimizda, “Toʻqsonga borsang ham tok ek, yuzga yetguncha uzumini yeysan”, degan naql bor. Shu naqlga amal qilgan navoiylik sohibkorlar uzumchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda

Xalqimizda, “Toʻqsonga borsang ham tok ek, yuzga yetguncha uzumini yeysan”, degan naql bor. Shu naqlga amal qilgan navoiylik sohibkorlar uzumchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Xatirchi tumanidagi “Eson Tursun bogʻlari” fermer xoʻjaligi paxta va gʻalla yetishtirish bilan birga, 3 gektar maydonda uzumchilik bilan ham shugʻullanadi. Xoʻjalikda uzumning mahalliy sharoitga mos “Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Husayni” va “Maska” navlari parvarishlanadi. Oʻtgan yili tokzordan 15 tonna hosil olindi. Uning 2 tonnasi quritilib, mayiz holida aholi dasturxoniga tortiq qilindi.

2.jpg

Sohibkorlar kelgusida tokzorlarni kengaytirishni hamda xoʻjalik qoshida sharbat va shinni tayyorlash tarmogʻini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.