Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XMTning oilaviy majburiyatlarga ega xodimlarga oid Konvensiyasi ratifikatsiya qilinmoqda
14:37 / 2024-03-30

Senat yalpi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning 156-sonli Konvensiyasining maqsadi – haq to‘lanadigan ishni bajaradigan yoki bajarishni xohlaydigan, ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlarni ta’minlashdir. Oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarning kamsitishga uchramagan hamda imkon qadar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni uyg‘un tarzda birlashtirgan holda o‘z huquqlaridan foydalana olishiga imkon berishdir.  

Mazkur hujjat iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va barcha toifadagi ishchilarga nisbatan qo‘llaniladi.  Konvensiyaning barcha talablari O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.  

Konvensiya hozirgi kunga qadar XMTga a’zo bo‘lgan 187 davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular qatorida Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi mamlakatlar bor.

Senatorlar fikricha, Konvensiyani ratifikatsiya qilish kelgusida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishda mehnat munosabatlariga taalluqli bo‘lgan talablarni, xalqaro standartlarni samarali joriy etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA