BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilma jadvaliga muvofiq, 12 yanvar kuni Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.
- Ukraina yig‘ilish so‘radi, deyilgan tegishli axborotda.
- Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Andrey Melnik juma kuni XK raisligini bajarayotgan Somali vakiliga tegishli so‘rov yubordi. Murojaatda Rossiya qo‘shini Ukraina Qurolli kuchlari bilan jangda turar-joy binolari va boshqa ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari nishonga olinmasligi zarurligiga aniqlik kiritilishiga qaramay, “begunoh aholiga qarshi misli ko‘rilmagan hujumlar uyushtirilayotgani”ni bildirdi.
"RIA Novosti"ga mazkur iltimosni Latviya, Liberiya, Daniya, Fransiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya qo‘llab-quvvatlagani ma’lum qilingan.
Ma’lumki, 9 yanvarga o‘tar kechasi RF Qurolli kuchlari o‘rta masofaga uchadigan “Oreshnik” yer usti mobil raketa tizimi, shuningdek dronlar bilan Ukrainaga hujum uyushtirgan.
S.Rahimov, O‘zA