Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishning oqibati...
10:29 / 2021-02-01

Joriy yil yanvar oyining 13 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudi raisi O‘.Masharifov B.V.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, unga ayblov hukmini e’lon qildi.

Jumladan, B.V hamda avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati bo‘lmagan fuqaro K.X “Nexia 1» rusumli avtomashinada Gurlan tumani hududida harakatlanib borayotib, Xorazm viloyat IIB YHXB YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, «Yo‘l harakati qoidalari»ning  tegishli bandini buzadi.  

Yo‘l patrul xizmati xodimlari xizmat avtomashinasida qoidabuzarni Gurlan tumani «Tozayorgan» mahallasi hududiga qadar kuzatib borib, fuqaro Sh.V.dan qochish harakatlarini to‘xtatishni talab qilgan, o‘z xizmat burchini bajarayotgan Xorazm viloyat IIB YHXB YPX inspektori A.B.ni B.V mushti bilan urib, unga biriktirilgan ratsiya apparatini olib, haqoratli so‘zlar bilan sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagan. Oqibatda yo‘l patrul xizmati xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, unga yengil tan jarohati yetkazgan.

Sudlanuvchi B.V sud majlisida qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, suddan kechirishni va yengillik qilishni so‘radi.

Sud B.V.ga nisbatan jazo turi va miqdorini tayinlashda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan «Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerakligi» haqidagi normalariga, Oliy sudi Plenumi qaroridagi rahbariy tushuntirishlarga amal qilib, uning shaxsini, qilmishidan pushaymon bo‘lganligini, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy ahvolini inobatga olib, 5 575 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi.

O‘.Masharifov,  

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Shovot tuman sudining raisi