Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi
09:22 / 2021-08-29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqov mustaqilligimizning 30 yillik bayrami oldidan Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar oldi.

Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoit yaratilib berilmoqda. Ayniqsa, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi rahbariyati ularning hol ahvollaridan tez-tez xabar olib, har bir bayram sanalarida sovg‘alar ulashib kelmoqda. Jumladan, eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida ularga vazirlik tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.

O‘z navbatida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun vazirlik rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA