Urganch shahrida boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Boshqaruv servis kompaniyasi — ko‘p xonadonli bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasi bo‘lib, ular xususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladigan notijorat tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda Xorazm viloyatida 34 ta boshqaruv servis kompaniyalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
[gallery-24553]
Muloqotda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ul xodimlari hamda 30 dan ortiq boshqaruv servis kompaniyalari ishtirok etdi.
–BSK rahbarlarining fikrlarini tinglar ekanmiz, ularni qiynab kelayotgan muammolar hali ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi, – deydi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish vakil devoni sho‘’ba mudiri Abdulla Boltayev. – Jumladan, Xorazm viloyatida ham BSK bilan kommunal korxonalar o‘rtasida kechadigan munosabatlarda aniqlik yo‘q. Ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ham turli kamchiliklar mavjud. Bunday kamchiliklar eng avvalo ish unumdorligini pasaytiradi. Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatining yomonlashuviga olib keladi.
Mazkur sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan tadbirda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ularni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, infrastrukturaga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal soha tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.
Bildirilgan fikrlar yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6YrLCmN5MYY?si=TxGsPjf6nzbaly1x" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (Surat, video),
O‘zA muxbirlari