Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat koʻrsatishda ayrim kamchiliklar ham boʻladi
13:07 / 2020-04-23

“Tezkor, qulay va shaffof”. Davlat xizmatlari Agentligi tizimi tomonidan mazkur shior ostida bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga 130 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.


“Tezkor, qulay va shaffof”. Davlat xizmatlari Agentligi tizimi tomonidan mazkur shior ostida bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga 130 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

Agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi shahar va tuman markazlari tomonidan oʻtgan yilning oʻzida 941 mingdan ziyod murojaat koʻrib chiqildi.

Shundan 27 ming 852 tasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yuzasidan ekanligi yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli tadbirkorlar safining tobora kengayib borayotganligini bildiradi. Shu yilning birinchi choragida esa bu raqamlar tegishli tartibda 169 ming 683 va 8 ming 314 tani tashkil etmoqda. Yaʼni, yilning oʻtgan uch oyida sakkiz mingdan ziyod tadbirkor subyekt sifatida davlat roʻyxatidan oʻtdi.

Aholiga qulayliklar yaratish, yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻini tejash maqsadida davlat xizmatlari markazlari tomonidan belgilangan jadval asosida sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Yangiqoʻrgʻon tumanining markazdan 45 chaqirim olisdagi togʻli qishloq – Nanayda tuman davlat xizmatlari markazining shoxobchasi tashkil etilgan boʻlib, shoxobcha tomonidan haftaning seshanba va payshanba kunlari koʻrsatilayotgan xizmatdan Nanay, Mamay, Zarkent kabi 14 ta mahallada istiqomat qilayotgan aholi beminnat foydalanmoqda. Joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, shoxobchada 700 dan ortiq davlat xizmati koʻrsatildi.

–Biroq, ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishdagi murojaatlarni koʻrib chiqishda sustkashlikka ham yoʻl qoʻyish holatlari ham uchrab turibdi, – deydi boshqarma axborot xizmatining rahbari F.Joʻraboyev. – Birgina joriy yilning birinchi choragida davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlar tomonidan 260 ta qonunbuzilishga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi va ularga tegishli choralar koʻrildi. Jumladan, boshqarma tomonidan 7 ta taqdimnoma va 106 ta ogohnoma kiritilib, 28 nafar masʼul shaxsga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirildi. Shuningdek, 4 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.