Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17:19 / 2015-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2012-yil 10-maydagi «2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi va 2013-yil 17-apreldagi «2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

2011-yilda yalpi ichki mahsulotda sohaning ulushi 50,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 54,5 foizga yetdi. Ish bilan band bo‘lgan aholining 50 foizdan ortig‘i ushbu sohada faoliyat ko‘rsatmoqda.

80 mingdan ziyod kichik biznes subyekti aloqa, axborotlashtirish, moliya, sog‘liqni saqlash, transport, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatmoqda. 2200 kichik korxona xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlardan foydalanmoqda.

2012-2015-yillarda xizmat ko‘rsatish korxonalariga 4 trillion 167 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratilgan. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq 51,9 mingta loyiha amalga oshirilgan.

Qishloq joylarda hamda namunaviy loyihalar asosida qurilgan aholi massivlarida xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2013-2015-yillar mobaynida qariyb 22 mingta loyiha ishga tushirilgan.

Kasb-hunar kollejlarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasi bo‘yicha o‘quv yo‘nalishlarida minglab yigit-qizlar tahsil olmoqda. Jumladan, mehmonxona ishi, komputerda dasturlash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari qishloq joylarida sohani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot-kommunikatsiya xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini yaratmoqda.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.