English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi
11:21 / 2025-06-25

Mirzaobod tumanida yangi saylangan 17 nafar mahalla raisiga xizmat guvohnomalari hamda “Mahalla raisi” ko‘krak belgilari tantanali ravishda topshirildi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda mahalliy hokimiyat va jamoatchilik vakillari, jumladan tuman hokimi Abdurahim Umarov, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi rahbari Muhiddin Mavlonov, mahalla faollari hamda mahalliy kengash deputatlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2023 yil 18 avgustdagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, mahalla institutining davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini mustahkamlash, aholi muammolariga yechim topishda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishga doir vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, mahallada jamoaviy birlikni ta’minlash, aholining hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb masalalarga javobgar bo‘lish, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatishda mahalla raislari yetakchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda.

Yig‘ilishda T. Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga yangitdan saylangan Qanbarali Xolboyev ham so‘zga chiqib, unga bildirilgan ishonch uchun rahmat aytdi va o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalarni bayon etdi:

–  Yangi vazifamni jamoa bilan hamjihatlikda, aholi manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda bajarishga intilyapman. Mahallada tinchlik va totuvlikni saqlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Tuman rahbariyati tomonidan yangi raislarga mas’uliyatli faoliyatlarida omad tilandi, mahallada samarali ish olib borish, aholi ishonchini oqlash va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga doimiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri