Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat chog‘ida vafot etgan harbiylar oila-a’zolari holidan xabar olindi
16:29 / 2026-01-15

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan mard va fidoyi xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Uchrashuvlar davomida marhumlarning yaqinlariga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, samimiy suhbatlar tashkil etildi. Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan haqiqiy qahramonlar doimo xotiramizda qolishi qayd etildi.

Darhaqiqat, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA