Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XIX Osiyo o‘yinlari: Afg‘onistonlik sportchida doping aniqlandi
18:13 / 2023-10-03

Katta musobaqa katta shov-shuvlari bilan qiziqki, bunday voqealar doimo sport ixlosmandlari diqqat markazida bo‘ladi. Xitoyda davom etayotgan Osiyo o‘yinlari ham bundan mustasno emas.

O‘tgan yil Osiyo olimpiya kengashi bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan Xalqaro sinov agentligi (ITA) Osiyo o‘yinlarida birinchi marta antidoping dasturini qo‘llagani jamoalar va sportchilar o‘rtasida qabul qilinayotgan dori-darmon vositalariga e’tiborli bo‘lishni taqozo etmoqda.

Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, musobaqada qoidaga amal qilmasdan dopingga uchrayotganlar ham uchrayapti. Kuni kecha Xalqaro sinov agentligi Xanchjou-2022 doirasida taqiqlangan modda iste’mol qilgani aniqlangan ilk sportchi nomini e’lon qildi. Afg‘onistonlik bokschi Muhammad Xaybar Nuristoniy mazkur o‘yinlar doping-testidan o‘ta olmagan birinchi sportchi sifatida qayd etildi.

68,5 million dollarlik chipta sotilgan

Tashkiliy qo‘mita xabarida keltirilishicha, musobaqani tomosha qilish uchun sport ixlosmandlari 500 million yuanga teng chipta xarid qilgan. Ushbu summa ayrim xalqaro valyutalar bo‘yicha hisob-kitob qilinsa, 56 million funt sterling, 68,5 million dollar  yoki 65 million yevro degani. Chipta sotuvida ro‘y berayotgan bunday «portlash» Osiyo o‘yinlari katta daromad manbai ekanligidan dalolat.

Osiyo o‘yinlari muzeyi ochildi

Asosiy maskani – Olimpiya sport markazi hududida joylashgan muzey, taxminan, 5400 kvadrat metr maydonni egallagan. Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan rasmiylar muzeydagi har bir eksponat, qit’a sportining biror noyob jihatini qamrab olgani bilan ahamiyatli va takrorlanmas ekanini ta’kidlagan.

Texnik xodim jarohatlandi

Yengil atletika maydonida ishlagan texnik xodim bosqon uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final musobaqasida oyog‘ini sindirib oldi. Voqea kecha Olimpiya sport markazi stadionida, bosqon uloqtirish bo‘yicha erkaklar musobaqasida yuz berdi. Kuvaytlik Ali Zanqaviy uloqtirmoqchi bo‘lgan bosqon aylanani o‘rab turgan himoya to‘riga tegib, uning yonida o‘z vazifasini bajarayotgan texnik xodim oyog‘iga urildi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli mo‘’tadil ekani ma’lun qilindi.

OSA prezidenti vazifasini bajaruvchi Singxning qizi sovrindor

Osiyo olimpiya kengashi (OSA) prezidenti vazifasini bajaruvchi Singxning qizi Rajeshvari Kumari o‘q otish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda xitoylik sportchidan keyingi o‘rinni egalladi. Bu natija Kumariga “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etdi.

T.Ro‘ziyev tayyorladi.

O‘zA