“XIX asrda O‘zbekiston” fotolar ko‘rgazmasiga marhamat!
Bugun poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomli ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkorligida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma ish boshladi.
11 noyabrga qadar davom etadigan, muxlislarga ilk bor taqdim etilayotgan mazkur namoyishdagi 114 surat orqali qadim tarixga ega yurtimizning XIX asrdagi madaniy merosi, ijtimoiy va kundalik hayoti, urf-odati va an’analari, oilaviy qadriyatlari yoritilgan.
[gallery-20178]
Ko‘rgazma Rossiyaning eng qadimiy san’at muassasalaridan biri – Sankt-Peterburgda joylashgan Kunstkamera muzeyidagi mashhur O‘rta Osiyo fotografi V.Orden tomonidan tasvirga muhrlangan O‘zbekistonga oid noyob suratlar to‘plamidan iborat.
Turkiy xalqlar madaniy merosiga beshik bo‘lgan O‘zbekistonda asrlar davomida to‘plangan bebaho boylik – noyob suratlar to‘plamini tadbir qatnashchilari, muxlislar yuksak baholadi.
M.Xojiakbarova, Oybek Pardayev (foto), O‘zA