ⅩIⅩ asr fors-tojik aruzshunosligida zihof masalasi tadqiqi (“Me’roj ul-aruz” asari misolida)
Xayyom Toshqulovich MIRZAYEV Dotsent filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: umarixayyom@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada aruz ilmining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadigan zihof masalasi o‘rganilgan. ⅩIⅩ asrning asosiy manbalaridan sanalgan “Me’roj-ul-aruz” risolasida zihof va uning nazariy xususiyatlari tadqiq etilib, muallifning bu masalaga doir yangiliklari hamda o‘ziga xos yondashuvlari yoritilgan. Muhammad G‘iyosiddinning zihof haqidagi qarashlari mumtoz aruzshunoslikda mavjud nazariyalar bilan qiyosiy o‘rganilib, uning bu boradagi yutuqlari misollar asosida dalillangan.
Tayanch so‘zlar: she’r, vazn, aruz, bo‘g‘in, juzv, sabab, vatad, fosila, rukn, fors-tojik aruzshunosligi, zamonaviy nazmshunoslik.