French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xivada “Qovun sayli” boshlandi
14:13 / 2025-08-09

Xiva shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Qovun sayli – 2025” o‘z faoliyatini boshladi.

Sayl davomida turli navdagi shirali qovunlar, milliy taomlar, hunarmandchilik mahsulotlari hamda madaniy dasturlar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etilmoqda.

Xorazm viloyati hokim Jo‘rabek Rahimov tadbir ochilishida so‘z olib, aholi dasturxoniga sarxil noz-ne’matlar yetkazib berayotgan dehqonlar mehnatini e’tirof etdi, sayl doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdi.  

Taniqli san’atkorlar tomonidan tashkil etilgan turli sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashmoqda.

 [gallery-24690]

O‘zA fotomuxbiri
Behzodbek SAIDOV olgan suratlar