Xivada “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Xalqaro nufuzli konferensiyaning to‘rtinchi sho‘’basi Xiva shahrida muqaddas Qur’on tilovati bilan boshlandi. Ushbu nufuzli anjumanda, Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi 22 mamlakatdan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.
“Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi qabul qilinadi.
[gallery-19776]
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari.