Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xivada etnosport sammiti bo‘lib o‘tdi
21:42 / 2023-09-09

FOTOREPORTAJ

Avval xabar qilinganidek, Xiva shahrida an’anaviy sport o‘yinlarni rivojlantirishga qaratilgan “Meros bilan bog‘langan, etnosport bilan birlashgan” mavzusida etnosport sammiti bo‘lib o‘tdi.  

Sammitda Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Mo‘g‘iliston, Slovakiya, Avstraliya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Hindiston, Misr, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Serbiya, Bangladesh, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Malayziya, Singapur, Kipr, O‘mon, Eron, Pokiston, Isroil, Fransiya, Gruziya, Zimbabve, Litva, Ruminiya, AQSH, Vengriya, Tunis, Italiya, Tayland, Armaniston, Iordaniya, Indoneziya, Afg‘oniston, Avstriya, Argentina, Belarus, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirligi, Braziliya, Gretsiya va Jazoir kabi davlatlardan xorijiy delegatsiyalar a’zolari  ishtirok etdi.  

[gallery-13511]

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi butun dunyoda qadrlanadigan an’anaviy sport turlari va o‘yinlarining dolzarbligini saqlab qolish uchun doimiy sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Sammit ishtirokchilari tarixning chang sahifalarida qolib ketgan ko‘plab madaniyatlarni, insoniyatning umumiy qadriyatlarini birlashtiradigan an’anaviy sport va o‘yinlar kuchini birlashtirgan etnosport rolini kuchaytirish kerakligini ta’kidladilar.  

Shuningdek, etnosportning an’ana, hurmat, hamjihatlik va tinchlik kabi umuminsoniy qadriyatlarga taalluqli to‘rt tamoyil atrofida insoniyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidlash joiz. Sammitda an’anaviy sport va o‘yinlarning qisqa, o‘rta hamda uzoq muddatli maqsadlarini muhokama qilish orqali ushbu o‘ylarni qayta tiklash bo‘yicha strategiyalar belgilab olindi.  

Sammitda 60 dan ortiq davlatdan hukumat hamda federatsiyalar vakillari, olimlar, shuningdek, bugungi kunda ularning Butunjahon etnik sport tashkiloti doirasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotgan 24 ta muassasa a’zolari ishtirok etdi.  

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA