Yaqinda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan jalb etilgan xorijiy ekspertlar Xorazm viloyatining Xiva va Hazorasp tumanlarida bo‘ldi.
Unda ekspertlar ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlarining xodimlari va mahalliy tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sektor muloqotini o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga ahamiyat qaratildi. Mazkur qarorga asosan Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamkorligida hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishning master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.
Muloqotda ekspertlar tomonidan Xiva va Hazorasp tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilayotgani qayd etildi.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA