Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xiva shahrida yangi bank xizmatlari markazi ishga tushdi
15:26 / 2020-07-03

Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga keng koʻlamda bank hamda konsalting xizmatlari taqdim etilmoqda.


Xorazm viloyati Xiva shahrining aholining gavjum qismlaridan biri, koʻplab savdo shaxobchalari joylashgan yana bir manzilda aholiga qulaylik yaratish, tezkor, namunali bank xizmatlarini taqdim etish yuzasidan Ipoteka-bankning Tinchlik filialiga qarashli “Xiva” bank xizmatlari markazi ochildi.

Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga keng koʻlamda bank hamda konsalting xizmatlari taqdim etilmoqda. Shuningdek, markazda aylanma mablagʻni toʻldirish, asosiy vosita sotib olish, qurilish tashkilotlariga qurilish sohasini kreditlash xizmatlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslarning kunlik savdo tushumlarini qabul qilish uchun universal kassa xizmatlari 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.

Yirik savdo majmuasi hududida joylashgan ushbu markaz zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan taʼminlangan boʻlib, bu yerda savdo majmuasiga tashrif buyurgan aholi hamda mehmonlar kunning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablagʻlarni naqdlashtirish, kommunal va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish halqaro pul oʻtkazmalari xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Qayd etish lozimki, Ipoteka-bank tomonidan malakatimizning boshqa hududlarida ham namunali bank xizmatlarini taqdim etuvchi mana shunday bank xizmatlari markazlari ochish koʻzda tutilgan.

Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida