Xiva shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkaziladi
Joriy yilning 1-2 iyul kunlari qadimiy Xiva shahrida “Yangi ufqlarni izlab: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkaziladi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi a’zolari hamda ikki mamlakatning Yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etadi.
Forum maqsadi parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Forum yakunlari bo‘yicha strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
N.Abduraimova,
O‘zA