Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xiva osmoniga parvoz – I Xalqaro havo sharlar festivali o‘tkazildi (+video)
21:01 / 2024-10-16

Xiva – qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri. Bugun ushbu ko‘hna va navqiron zaminga bir oy ichida 100-150 ming sayyoh tashrif buyuradi. Bejizga “Xiva – islom olami turizm poytaxti” deya e’tirof etilmayapti. O‘ziga hos minorai kalon, madrasalari bilan jahonhamjamiyati e’tiborini qozongan qadimiy Xiva “dunyoning eng betakror shahri” sifatida internet tarmoqlarida ko‘rinish berayotgani ham kishini quvontiradi.

2500 yil muqaddam barpo etilgan O‘zbekistondagi eng qadimiy shaharlardan biri – Xiva yirik xalqaro forum, festivallarga mezbonlik qiladigan qadrdon hududga aylanib ulgurgan. Jumladan, Ichan-Qal’a majmuasida Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Musaffo osmon” shiori ostidagi I Xalqaro havo sharlar festivali bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda ishtirok etgan germaniyalik uchuvchi ayol Elli Danington Xiva uzra parvoz qilib o‘zining dunyo rekordini yangiladi. O‘zbekiston sayyohatchi parvoz qilgan 118 davlat bo‘ldi. Mamlakatimizda ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan. Shu munosabat bilan Elli Danington ayol-uchuvchilar uchun maktab ochishni rejalashtirmoqda, bu esa uchishga yo‘l ochadi, albatta.  

Festival ayeronavtika sohasini alohida turizm va dam olish yo‘nalishi sifatida rivojlantirishga turtki berishi, shuningdek, sayyohlar uchun xizmatlarni xilma-xil qilishga yordam berishi bilan ahamiyatli.  

– Biz O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurib turibmiz, – deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi yaponiyalik sayyoh. – Xiva juda betakror va go‘zal shahar ekan, ayniqsa tong va tunda tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan inshootlar chiroyli ko‘rinishga ega. Umuman, mamlakatingiz sayyohlik maskani ekaniga guvoh bo‘lib turibmiz. Aytishni istardim, Xiva taomlari mazasiga gap yo‘q. Keyin odamlari juda mehmondo‘st va xushmuomala. Ayniqsa, tashkil etilgan havo sharlari festivali sayyohlarga juda manzur bo‘ldi. O‘ylaymanki, bunday festivallar mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim tashabbus.  

Darhaqiqat, festival mehmonlari O‘zbekistonning mehmondo‘stligidan hayratda qolishmoqda, bu esa har joyda namoyon bo‘lyapti. Ular mahalliy aholi tomonidan ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik va mehribon munosabatlarning qulaylik va shinamlik muhitini yaratganini alohida ta’kidlaydi. Xorijlik sayyohlar Xivani o‘zlari uchun kashf qilayotganlari, havo sharlar festivali esa taassurotlarga yangicha ruh berayotgani ham ayni muddao.  

Eng muhimi, tadbirlarning navbatdagi seriyasi mamlakatning noyob madaniyati va an’analarini namoyish etish, shuningdek, ayeronavtlar va havo sharlariga qiziquvchilar o‘rtasida xalqaro muloqot va tajriba almashish imkonini berdi.  

– Men tarixni va hozirgi zamonni birlashtirib turgan Xivani juda yoqtiraman, – dedi Janubiy Afrikalik sayyoh. – Mamlaktingiz madaniyati, taomlari, xushchaqchaq insonlari bilan ko‘nglimdan joy olgan. Orzularim amalga oshdi: bugun O‘zbekistonning eng go‘zal go‘shalaridan biridaman.  

– O‘zbekiston diyoriga birinchi marta tashrif buyuryapman, meni ko‘proq hayratga solayotgan va zavq bag‘ishlayotgan narsa bu – havo sharlari, – marokashlik sayyoh. – Quyosh chiqqanda va botganda osmonda juda yoqimli manzarani ko‘ryapmiz. Bu mahalliy va xorijiy turistlarga o‘zgacha kayfiyat ulashmoqda.  

Darvoqe, kelgusi yil “Musaffo osmon” festivallari seriyasini davomli tarzda o‘tkazish reja qilingan, bu tadbirlar, ayniqsa yurtimiz mehmondo‘stligining yorqin namunasini ko‘rsatadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/sftQziuok8k?si=-AXbKe3KPsNZw_4x" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,  

Ulug‘bek To‘xtayev (video),  

O‘zA