English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning yuk tashuvchi samolyotlari – xalq xizmatida
14:44 / 2024-06-06

Xitoyning “YTO Cargo Airlines” yuk tashuvchi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam yuk tashish qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.

“Uzbekistan Airports” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yuk tashuvchi aviakompaniyaning “Toshkent” xalqaro aeroportiga birinchi parvozi bugun Xitoyning  “Comac” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi  “ARJ21-700” samolyotida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.    

Avvallari “YTO Cargo Airlines”  Toshkentga “Boeing 757” samolyotlarida charter parvozlarini amalga oshirgan.  Xitoyda ishlab chiqarilgan “ARJ21-700” havo kemalaridan foydalanish aviakompaniya imkoniyatlarini kengaytirish va “Uzbekistan Airports” bilan hamkorlikni yanada samarali bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.      

“YTO Cargo Airlines” — shtab-kvartirasi Xanchjou shahrida joylashgan Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasidir.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA