Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning yetakchi “aql markaz”lari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
09:14 / 2023-07-14

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi “aql markaz”lari rahbarlari hamda ekspertlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markaz Axborot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, dastlab “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Xitoyning Yevropa va Osiyo ijtimoiy tadqiqotlar instituti (ISREA) direktori Li Yunsyuan va institut ilmiy xodimi Chjang Ninlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, Markaz va ISREA o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini Anglashuv memorandumini imzolash orqali yanada mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi. 

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori o‘rinbosari Szin Chje bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eldor Tulyakov mehmonlarni Markaz faoliyati, 
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi, uning doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu jarayonda Markaz tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bilan tanishtirib o‘tdi. 

O‘z navbatida Szin Chje bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda so‘nggi yillara mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shu bilan birga, Xitoyning Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Sun Si bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda tomonlar global pandemiyadan so‘ng yanada jadallik bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari, xalqaro munosabatlardagi hozirgi murakkab sharoitda barcha global muammolar yechimi borasida ikki mamlakat tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanayotganligini ta’kidlab o‘tishdi. 

Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov SHHT uchun xalqaro huquqiy kadrlar tayyorlash va hamkorlik markazi qoshidagi Yevroosiyo tadqiqotlari instituti direktori Li Sin hamda Shanxay xorijiy tillar universitetining Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi ijrochi dekani Yan Chenlar bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. 

Do‘stona muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunida tomonlar Markaz va Xitoyning yetakchi “aql markaz”lari o‘rtasida hamkorlik Memorandumlarini imzolash, o‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma tadbirlar va tadqiqot loyihalari olib borish, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi. 

O‘zA