Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning yangi davri: Si Szinpin to‘rt asosiy tamoyilni e’lon qildi
11:31 / 2018-04-10

Sotsializmning yangi davrida Xitoy to‘rt tamoyilga muvofiq rivojlanadi: izchil islohotlar, taraqqiyotni tezlashtiruvchi faol choralar, ochiqlikni kuchaytirish va butun dunyoga ko‘mak dasturlarini kengaytirish.

Sotsializmning yangi davrida Xitoy to‘rt tamoyilga muvofiq rivojlanadi: izchil islohotlar, taraqqiyotni tezlashtiruvchi faol choralar, ochiqlikni kuchaytirish va butun dunyoga ko‘mak dasturlarini kengaytirish. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin bayonot berdi.

“Biz mamlakatimizdagi vaziyatni islohotlar va o‘zgarishlar orqali yaxshilab boramiz, innovatsiya va taraqqiyot borasida jiddiy qadamlar qo‘yiladi. Va nihoyat ochiqlik va dunyo bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali butun insoniyat rivojiga o‘z hissamizni qo‘shamiz”, dedi u Janubiy Xitoyda o‘tkazilayotgan Osiyo iqtisodiy forumining ochilish marosimida.

Ria Novostining yozishicha, Si Szinpin shuningdek, mamlakatning rivojlanish darajasidan qat’i nazar, hech qachon boshqa davlatlarga yoki dunyoda o‘rnatilgan tartiblarga tahdid solmaydi, deb ta’kidlagan.

Osiyo Iqtisodiy Forumi 2001 yildan buyon janubiy Xaynan orol viloyatida o‘tkaziladi. Bu yil forum ("Osiyo Davosi" deb ham ataladi) "Shaffof va innovatsion Osiyo - jahon farovonligi uchun" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Forumda Filippin Prezidenti, Avstriya federal prezidenti, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Pokiston va Singapur Bosh vazirlari, Xitoyning yuqori martabali rahbarlari ishtirok etishmoqda. 11 aprelga qadar o‘tadigan yig‘inlar kun tartibidan yirik savdo, iqtisodiy va siyosiy masalalar o‘rin olgan.