Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning YAIM o‘sishi bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishi oson bo‘lmaydi
10:00 / 2023-03-13

Xitoyning joriy yilda belgilangan 5 foizlik YAIM o‘sishiga erishishi oson bo‘lmaydi, buning uchun hukumat sa’y-harakatlarni ikki barobarga oshirishga to‘g‘ri keladi, deb bayonot berdi XXR Davlat kengashi rahbari Li Syan matbuot anjumanida.

“Xitoyning maqsadli iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi joriy yilda 5 foiz qilib belgilangan. Bu raqam turli omillar har tomonlama o‘rganib chiqilgandan keyin belgilandi. Albatta, hozirgi paytda iqtisodiyotimizning umumiy ko‘lami katta, u 120 trillion yuandan oshadi, shu bilan birga, hozirda ko‘p tahdidlar ham mavjud, shunday ekan, 5 foizlik o‘sishga erishish oson bo‘lmaydi, sa’y-harakatlarimizni ikki barobarga oshirishimiz kerak”, - dedi Li Syan jurnalistlar bilan uchrashuvda.  

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik oddiy odamlar YAIMning qanchalik o‘sganini kuzatmaydi, ularni ko‘proq turar joy, bandlik, daromad, ta’lim, tibbiy xizmat, ekologiya kabi aniq muammolar xavotirga soladi. Shundan kelib chiqqan holda, hukumat o‘z  faoliyatiga xalqning ishonchini oqlash nuqtai-nazaridan  yondashishi lozim.