Raqamli ta’lim texnologiyalari markazida Xitoy Xalq Respublikasining «Jinkemin» ta’lim texnologiyalari kompaniyasi asoschisi Lyu Chao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Jinkemin» ta’lim texnologiyalar» kompaniyasi Chunsin provinsiyasining ta’lim tizimidagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Hozirda Yevropa va MDH davlatlari bilan yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Uchrashuvda IT ta’lim sohasida O‘zbekiston – Xitoy ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, soha yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlar, IT sohasida 300 ming nafar yoshni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan ta’minlash, raqamli ta’lim va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar borasida fikr almashdi.
Bu kabi hamkorlik uchrashuvlari kelgusida yurtimizda axborot texnologiyalari borasidagi ta’limning yuksalishiga xizmat qiladi.
N.Rahmonova, O‘zA