Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov va Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahridagi “Rong” savdo uyushmasi vakillari ishtirokida muhim biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda avtomobilsozlik, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari hamda zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Mehmonlar Jizzax shahri va viloyatidagi investitsion muhit, ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Bu biznes uchrashuv yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun muhim zamin yaratdi.

Xitoyning Chengdu shahri bilan aloqalarni mustahkamlash Jizzaxda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yangi investitsiya loyihalari viloyat aholisi uchun yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA