English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning LONGi korxonasi mamlakatimizga 600 kilovatt quyosh panellari yetkazib beradi
13:51 / 2023-02-24

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan 600 kilovatt quyosh panellari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Mazkur LONGi Hi-MO5 550w quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristall panel hisoblanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda, shuningdek bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi. 

Quyosh panellari maxsus kompyuter dasturida loyihalashtirilib, joyning geografik koordinatlari, bino va tom konstruksiyasi inobatga olingan holda, har bir ob’ektga individual yondashib o‘rnatiladi.  

Quyosh panellari O‘zbekistonga yetib kelishi bilanoq Kadastr agentligi binolari uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar binolariga o‘rnatiladi.  

 

O‘zA