Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning davlat xizmatiga doir tajribasi o‘rganilmoqda
16:36 / 2024-05-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlaridan iborat bir guruh davlat xizmatchilari Xitoyda xizmat safarida.

Delegatsiya a’zolari Xitoy Halq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Nanchan shahrida tashkil etilgan seminarda ishtirok etmoqda. Seminar ishtirokchilariga Szyansi xorijiy tillar va tashqi savdo kolleji mezbonlik qilmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar Xitoyning davlat xizmati sohasidagi islohotlar, raqamlashtirish, rahbar kadrlarni tayyorlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganishi, mahalliy darajada davlat xizmatini tashkil etish amaliyoti bilan tanishish maqsadida Sian shahriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Seminar 15-mayga qadar davom etadi.

 

O‘zA