Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning AQSHdagi elchisi: Pekinning javobi qudratli va kuchli bo‘ladi
00:04 / 2022-08-03

“Xitoy o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi, bu masalada mamlakatning javobi kuchli va qudratli bo‘ladi”. Xitoyning AQSHdagi elchisi Sin Gan “CNN” telekanaliga intervyusida shunday dedi.

 Xitoy diplomatik missiyasi rahbari Pelosi Amerikaning eng yuqori martabali rahbarlaridan ekani va uning Tayvanga safarini oddiy voqea sifatida qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi:

 - Uning har qanday shakl yoki vaqtdagi tashrifi o‘ta ta’sirli siyosiy aks-sado keltiradi. Tayvan bo‘g‘ozi xamda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik quchayishiga  olib keladi. Chorak asr avval ham AQSH Kongressi spikerining Tayvanga tashrifi “xato bo‘lgan”. Amerika “xatolarni takrorlash o‘rniga saboq chiqarishi lozim edi.