Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning AG600 amfibiya samolyoti sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi
15:26 / 2018-01-25

"Kunlun" kodli AG600 amfibiya samolyoti chorshanba kuni ertalab 73 daqiqa davom etgan parvoz paytida barcha sinovlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Xitoyda ishlangan ilk yirik AG600 amfibiya samolyoti 24-yanvar kuni mamlakat janubidagi Guandun provinsiyasida ikkinchi sinov parvozini amalga oshirdi, deb xabar berdi Sinxua axborot agentligi.

"Kunlun" kodli AG600 amfibiya samolyoti chorshanba kuni ertalab 73 daqiqa davom etgan parvoz paytida barcha sinovlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

AG600 samolyotining ilk parvozi 24-dekabr kuni amalga oshirilgandi.

Samolyotning uzunligi 36,9 metr, qanotlari orasidagi masofa 38,8 metrni tashkil qiladi. AG600 amfibiya samolyoti to‘rtta turbovintli dvigatel bilan jihozlangan. Havo kemasi tezligini soatiga 500 kilometrgacha yetkazishi va to‘xtovsiz 12 soat parvoz qilishi mumkin.