Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyliklar Ishtixonda turarjoy quradi
12:48 / 2024-06-25

Mamlakatimizda investitsion muhit jozibadorligini oshirish yo‘lida ildam qadamlar tashlangan. Xoh mahalliy, xoh xorijiy ishbilarmon bo‘lsin, O‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun barcha imkoniyat mavjud. Bunda ilg‘or xorijiy tajribaning amaliyotga keng tatbiq etilayotgani ham mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning samaradorligini oshirmoqda. Shu bois, yurtimizga xorijiy investorlarning oqimi ko‘paygan.

Buni Davlat xizmatlari markazlariga tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish uchun kelayotgan investorlar misolida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa, xitoylik ishbilarmonlar bu ro‘yxatda yetakchilik qilishadi. Xitoylik Xiao You Vang hamda Lingyu Chen ustav kapitali 45 milliard so‘m bo‘lgan "JIA YOU ESTATE INVESTMENT" MCHJ xorijiy korxonasiga asos solishdi. Mazkur korxona Ishtixonda turarjoy binolari qurish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik ular tumanda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirgan.  

Mazkur xorijiy korxona Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Qayd etish kerakki, ushbu markaz orqali bugunga qadar 4906 ta yuridik shaxs – tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 5 tasi xorijiy korxona, 10 tasi qo‘shma korxonadir.

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri