Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik yoshlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtida tahsil oladi
11:08 / 2022-10-14

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Mamlakatlarimiz oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar va professorlar almashinuvi faol yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning natijasida xitoylik talabalar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Xususan, O‘zbekiston tomonidan ajratilgan ta’lim grantlari asosida Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining magistratura bosqichiga qator xitoylik talabalar o‘qishga qabul qilindi.

Xitoylik yoshlarning so‘zlariga ko‘ra, Samarqanddagi turizm universitetida malakali o‘qituvchi-professorlar xalqaro standartlar asosida ta’lim berayotgani mazkur o‘quv yurti nufuzini yanada oshirmoqda.

Xitoylik talaba Chjan Xuanning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand qadim-qadimdan madaniyat va ilm o‘chog‘i bo‘lib, u yerdan ko‘plab dunyoga mashhur olimlar va buyuk allomalar yetishib chiqqan. bugungi kunda ushbu shahar o‘zining bebaho tarixiy obidalari va turizm imkoniyatlari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga rom etib kelmoqda. Universitetda ta’lim olishdan bizning maqsadlarimiz katta. Chunki “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tamomlab, ushbu sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishni orzu qilaman.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, joriy yilning 1 oktyabridan Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti professori Szou Tunsyan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining prorektori lavozimida ish boshladi.

2020 yilda O‘zbekiston tomonidan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan professor Szou Tunsyan universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini yanada oshirish, o‘quv va ilmiy anjumanlarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishini boshqarish, ilg‘or ilmiy-uslubiy tajribalarni umumlashtirish, oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning xalqaro konferensiya va seminarlarda faol ishtirokini ta’minlash kabi yo‘nalishdagi ishlarga mas’ul hisoblanadi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti 2018 yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida tashkil etilgan.

O‘zA