Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik xakerlar Davlat departamenti elektron pochtasiga hujum qilgan
13:35 / 2023-07-13

Xitoylik xakerlar AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Pekinga iyun oyidagi safaridan bir necha hafta oldin Davlat departamenti elektron yozishmalarini qo‘lga kiritishga uringan, deya xabar tarqatdi "New York Times".

Ismi sir tutilgan mansabdor shaxs gazetaga ma’lum qilishicha, pochtani buzib kirish holati bo‘yicha tergov davom etmoqda. Manbalar bergan ma’lumotda keltirilishicha, xakerlar maxfiy ma’lumot qo‘lga kirita olishmagan, chunki ular elektron pochtaning maxfiy tizimiga kira olmagan.  

Ta’kidlanishicha, xakerlar Xitoy harbiy tizimi yoki razvedkasiga aloqador. Prezident Jo Bayden ma’muriyati vakili aynan qaysi mansabdor shaxs hujum nishoniga aylangani bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.  

Xabarda ta’kidlanishicha, Departament hujum yuz berganini 16 iyunda aniqlagan va o‘sha kuniyoq bu haqda "Microsoft"ni xabardor qilgan. Kompaniya ma’lum qilishicha, pochtani buzib kirishga urinish may oyida boshlangan ekan.