French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik olimlar kosmosda foydali qazilmalarni qazib oladigan robot yaratdi
13:09 / 2025-03-24

Ilgari faqat ilmiy fantastikada mavjud bo‘lgan kosmosda foydali qazilmalarni qazib olish endi haqiqatga aylanmoqda. Yaqinda Xitoyning Szyansu viloyati Syuychjou shahrida joylashgan Xitoy kon-texnologiya universitetida Xitoydagi birinchi kosmik robot-konchi yaratildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Robotni Xitoy kon-texnologiya universiteti professori Lyu Sinxua boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi ishlab chiqqan. Robot-konchi oltita oyoqqa ega bo‘lib, uchta oyog‘ida g‘ildiraklar, qolgan uchtasida esa tirnoqsimon mahkamlash moslamalari o‘rnatilgan. Lyu Sinxua jurnalistlarga bunday tuzilish asosan kosmosdagi mikrogravitatsiya sharoitlariga moslashish uchun ishlab chiqilganini aytdi.

 Robot-konchi sayyoralararo osmon jismlarining yuzasida geologik qidiruv va foydali qazilmalarni yig‘ish vazifalarini bajarishi kerak, bunda burg‘ilash muhim ko‘nikma hisoblanadi. Yer sharoitida robotning o‘z og‘irligi parmani ushlab turish uchun yetarli, Oyda esa tortishish kuchi Yerdagining 1/6 tashkil etadi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, vaznsizlik tufayli yuzaga keladigan siljish muammosini hal qilish uchun ular robot uchun hasharotlarning tirnoqli tikanlari tuzilishiga o‘xshash tirnoqli oyoq konstruksiyasini yaratishgan.

 Mutaxassislarning fikricha, Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan Oy Yerga nisbatan yaqin joylashgan va resurslarga boy. Hozirgi kunda Oy resurslarini qidirish va o‘rganish butun dunyo e’tiborini tortmoqda va katta miqdordagi sarmoyalarni jalb qilmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/BIHdHV3OWL8?si=UWZ9wbDujzC0xR_M" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA