English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik mutaxassislar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasi quradi
13:48 / 2023-03-08

Surxondaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Anxoy Conch Sement” kompaniyasi vakili Chjao Veysyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xorijlik investorlarga viloyatning investitsiya salohiyati, mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Suhbat chog‘ida Xitoy kompaniyasi vakillari viloyatda 200 million dollar miqdorida investitsiya kiritib, 200 gektar maydonda quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini ilgari surdi. Muloqot yakunida mazkur loyiha yuzasidan muzokara o‘tkazilib, uni sifatli barpo etish bo‘yicha  kelishuvga erishildi.

Ayni paytda viloyatning Sherobod tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi 260 million dollar qiymatidagi xorij sarmoyasini jalb etib, quvvati 457 MVtli fotoelektr stansiya qurmoqda. Germaniyaning “GRAESS ENERGY UZDI” kompaniyasi Jarqo‘rg‘on tumanida loyiha qiymati 500 million dollarlik 600 mVt quvvatga ega innovatsion fotoelektr stansiya barpo etadi.

Arzon va ishonchli elektr manbai bo‘lgan quyosh nuriga boy janubdagi viloyatda qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan oqilona foydalanish  elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikning oldini olib,  ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarini ishonchli energiya bilan uzluksiz  ta’minlashga xizmat qiladi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri