Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik mutaxassislar ipak qurti urug‘larining holatini o‘rganmoqda
19:06 / 2023-05-10

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi Bahrom Sharipov “Huashen Silk.Imp. & Exp Co., LTD” kompaniyasi prezidenti Zhao Xinhua bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

bugungi kunda mamlakatimizga ipak qurti urug‘larini eksport qilib kelayotgan Xitoyning “Huashen Silk.Imp. & Exp Co., LTD” kompaniyasi "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi 8 ta pillachilik klasterlari bilan hamkorlik qilmoqda. Hozirda mazkur kompaniya mamlakatimizga 41 ming quti ipak qurtini yetkazib bergan. Ipak qurtining qolgan hajmi o‘zimizda mahalliy tarzda yetishtirilgan.    

Uchrashuvda O‘zbekistonga yetkazib berilgan ipak qurti urug‘larining qay darajada jonlangani, rivojlanish bosqichlari, kasallikka chidamliligi va bir qancha ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA